Barcha kompyuterlar 4 ta asosiy tamoyil asosida ishlaydi va ularning tuzilishi ham shu jarayonlarga mos yaratiladi:
- Input (Kiritish)
- Storage (Saqlash)
- Processing (Qayta ishlash)
- Output (Chiqish)
Misol:
Siz Google’da qidiruv qilasiz.
- Input → foydalanuvchi qidiruv so‘rovini kiritadi.
- Storage → kerakli ma’lumotlar serverlarda yoki qurilma xotirasida saqlanadi.
- Processing → protsessor (CPU) va dastur kiritilgan so‘rovni qayta ishlaydi, internet orqali kerakli ma’lumot olinadi.
- Output → topilgan natija ekranga chiqariladi.
Demak, kompyuterning asosiy vazifasi: ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va natijani foydalanuvchiga chiqarish.
zor