Blogga qaytish

2-lik sanoq sistemasida ayirishni ko'ramizmi ?

Siz buni bilarmidingiz ? Yo'q ? Muammosi yo'q, birga o'rganamiz !

2-lik sanoq sistemasida ayirish ham 10-lik sanoq sistemasidagi kabi bajariladi. Faqat bu yerda sonlar 0 va 1 dan iborat bo'ladi.

Dastlab eng sodda ayirmalarni ko'rib chiqamiz:

0 - 0 = 0
1 - 1 = 0
1 - 0 = 1
0 - 1 β†’ ayirib bo'lmaydi, chapdagi xonadan qarz olamiz.

Qarz olganimizdan keyin:

10β‚‚ - 1β‚‚ = 1β‚‚

Ustun shaklida ayirganda o'ng tomondan boshlaymiz.

Masalan, biror xonada:

0 - 1

uchrasa, chapdagi xonadan qarz olamiz. 2-lik sanoq sistemasida qarz olganda 0 soni 10β‚‚ ga, ya'ni 2 ga aylanadi.

Shunda:

10β‚‚ - 1β‚‚ = 1β‚‚

bo'ladi va natijaga 1 yoziladi.

Agar chap tomonda ham 0 turgan bo'lsa, qarz undan olinmaydi. Keyingi xonaga o'tiladi va qarz olinadigan birinchi 1 topiladi.

Topilgan 1 qarz berib 0 ga aylanadi, oradagi 0 lar esa qarzni uzatadi. Natijada ayirish kerak bo'lgan xonaga 10β‚‚ (2) keladi va ayirish davom ettiriladi.

Shu sababli 2-lik sanoq sistemasida ayirishning asosiy qoidasi:

Agar 0 dan 1 ni ayirish kerak bo'lsa, chapdagi xonadan qarz olinadi va 0 soni 10β‚‚ ga aylanadi.

πŸ‘ 0 ❀️ 0 πŸ”₯ 0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!

Boshqa maqolalar

Shunga o'xshash

Barchasi β†’