Blogga qaytish

2-likdagi hisoblashni osonlashtiramiz ))

2-likdagi hisoblashni osonlashtiramiz )) unda boshladik )

2-lik sanoq sistemasida qo'shish 10-likdagi qo'shishga o'xshaydi, faqat bizda 0 va 1 raqamlari mavjud.

10-lik sanoq sistemasida:

1 + 1 = 2

Lekin 2-lik sanoq sistemasida 2 raqami mavjud emas. Shuning uchun:

1 + 1 = 10₂

Buni quyidagicha tushunish mumkin:

2 ÷ 2 = 1, qoldiq 0

Bu yerda qoldiq 0 natijaga yoziladi, hosil bo'lgan 1 esa keyingi xonaga carry (qarz emas, balki o'tkaziladigan qiymat) sifatida olib o'tiladi.

Masalan, keyingi xonada yana:

1 + 1 + carry(1)

bo'lsa, natija: 3

ga teng bo'ladi.

3 ni 2 ga bo'lsak:

3 ÷ 2 = 1, qoldiq 1

Bu yerda qoldiq 1 natijaga yoziladi, hosil bo'lgan 1 esa yana carry sifatida keyingi xonaga o'tkaziladi.

Shu tartibda barcha xonalar hisoblab chiqiladi.

Masalan:

  111
+ 111
 1110

Hisoblash:

1 + 1 = 10 → 0 yoziladi, 1 carry
1 + 1 + 1 = 11 → 1 yoziladi, 1 carry
1 + 1 + 1 = 11 → 1 yoziladi, 1 carry

Oxirida carry ham yoziladi va natija:

1110

hosil bo'ladi.

Demak, 2-lik sanoq sistemasida qo'shishning asosiy g'oyasi shuki, har bir xonadagi yig'indini 2 ga bo'lib, qoldiqni natijaga yozamiz, bo'linmadan chiqqan qiymatni esa carry sifatida keyingi xonaga o'tkazamiz.

👍 0 ❤️ 0 🔥 0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!

Boshqa maqolalar

Shunga o'xshash

Barchasi →