ASCII va UTF-8 haqida gaplashamiz. Unda boshladik.
ASCII (American Standard Code for Information Interchange) β bu belgilarni kompyuterda saqlash uchun yaratilgan dastlabki kodlash standartlaridan biridir.
Avval aytganimizdek, kompyuter harflar, so'zlar yoki rasmlarni emas, balki raqamlarni tushunadi. Aniqrog'i, barcha ma'lumotlar kompyuterda 2-lik sanoq sistemasi ko'rinishida saqlanadi va qayta ishlanadi.
ASCII standartida jami 128 ta belgi mavjud. Har bir belgi 1 byte joy egallaydi. Masalan:
A = 65 B = 66 a = 97 0 = 48
ASCII uzoq vaqt davomida yetarli bo'lib keldi. Lekin vaqt o'tishi bilan unda muammo paydo bo'ldi. Chunki ASCII asosan ingliz tilidagi lotin harflari, raqamlar va ayrim maxsus belgilarni saqlash uchun mo'ljallangan edi. Rus, o'zbek (kirill), xitoy, yapon va boshqa tillardagi belgilarni saqlashning imkoni yo'q edi.
Shu sababli Unicode standarti yaratildi. Unicode dunyodagi deyarli barcha belgilar uchun yagona identifikator (Code Point) beradi.
UTF-8 esa Unicode belgilarini xotirada saqlash usullaridan biridir va hozirgi kunda eng ko'p ishlatiladigan kodlash formatidir.
UTF-8 da: Lotin harflari odatda 1 byte joy oladi. Kirill harflari odatda 2 byte joy oladi. Ko'plab emoji belgilar 4 byte joy oladi.
UTF-8 yaratilganda eski ASCII bilan moslikni saqlab qolish muhim edi. Shu sababli ASCII dagi dastlabki 128 ta belgi UTF-8 da ham aynan o'sha qiymatlarda qoldirilgan.
Ya'ni:
A β ASCII da ham, UTF-8 da ham bir xil saqlanadi.
Shuning uchun UTF-8 ASCII bilan backward compatible (orqaga mos) hisoblanadi.
Qisqacha aytganda:
ASCII β eski va cheklangan kodlash standarti.
Unicode β barcha belgilar uchun yagona standart.
UTF-8 β Unicode belgilarini saqlashning eng mashhur usuli.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!