Blogga qaytish

Sizda ham bo'lganmi shunday vaziyat ?

Sizda ham bo'lganmi shunday vaziyat ?

E'tibor bergan bo'lsangiz, ba'zan banklar, mobil operatorlar yoki boshqa kompaniyalardan keladigan SMS xabarlarda ruscha matnlar kirill harflarida emas, balki lotin harflarida yozilgan bo'ladi.

Buning sababini endi ASCII va UTF-8 mavzusidan keyin tushunishimiz mumkin.

Avval aytganimizdek, lotin harflari UTF-8 da odatda 1 byte joy egallaydi, kirill harflari esa odatda 2 byte joy egallaydi. Natijada bir xil matn kirill harflarida yozilsa, lotin harflariga nisbatan ko'proq joy egallaydi.

Masalan:

Privet, Otabek!
degan matn va
Привет, Отабек!

degan matn mazmun jihatidan bir xil bo'lsa ham, xotirada egallaydigan joyi turlicha bo'ladi.

SMS yuborishda esa har bir belgining soni va xabarning umumiy hajmi muhim hisoblanadi. Shu sababli ayrim kompaniyalar bir xil ma'lumotni kamroq joy egallashi uchun lotin harflaridan foydalanadilar.

Natijada bitta SMS ichiga ko'proq matn sig'adi va ayrim hollarda yuborish xarajatlarini ham kamaytirish mumkin bo'ladi.

Shuning uchun ba'zi xabarlarda ruscha yoki o'zbekcha matn lotin harflarida yozilganini ko'rishingiz mumkin.

👍 0 ❤️ 0 🔥 0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!

Boshqa maqolalar

Shunga o'xshash

Barchasi →