Windows, Linux va macOS — bular operatsion tizimlar (Operating Systems) hisoblanadi.
Operatsion tizim — bu kompyuterning apparat qismlari (CPU, RAM, disk) va foydalanuvchi o‘rtasidagi “boshqaruv tizimi”dir. U ekranda interfeys (UI) chiqarish, dasturlarni ishga tushirish va tizim resurslarini boshqarish uchun xizmat qiladi.
Windows
Windows — Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim.
U:
- keng tarqalgan
- foydalanishga oson
- lekin ba’zi hollarda ko‘proq resurs talab qiladi
Linux - Adashib qolgan Pingvincha xazil )
Linux — ochiq kodli operatsion tizim.
U:
- yengil va tez
- serverlarda juda ko‘p ishlatiladi
- barqaror va xavfsiz
macOS - Dizaynni sevuvchilar va puli borlar uchun ))
macOS — Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim.
U:
- faqat Apple qurilmalarida ishlaydi (MacBook, iMac)
- barqaror va optimallashtirilgan
- dizayn va foydalanuvchi tajribasiga juda e’tibor berilgan
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!