Klaviatura orqali biror matn yoki buyruq kiritilganda, u input signal sifatida kompyuterga uzatiladi.
Bu signal Motherboard orqali CPU ga boradi. CPU kirgan ma’lumotni qayta ishlaydi va kerakli operatsiyalarni bajaradi.
Jarayon davomida ma’lumotlar vaqtinchalik RAM xotirasida saqlanadi, chunki RAM CPU ga tezkor ishlash uchun yordam beradi.
Agar grafik interfeys (oyna, matn, dastur) ekranda ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, CPU natijani grafik ko‘rsatish tizimiga yuboradi. Bu jarayonda GPU yordam berishi mumkin, lekin har doim shart emas. Oddiy matn va sonli natijalar
CPU orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranga chiqarilishi mumkin.
Oxirgi natija esa Output sifatida monitor (ekran)da ko‘rsatiladi.
Masalan, 2 + 3 kabi oddiy hisob-kitoblarda GPU kerak bo‘lmaydi, chunki bu jarayonni CPU o‘zi bajaradi va natija bevosita ekranga chiqariladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!