Blogga qaytish

GPU - nima o'zi, bilasizmi ?

GPU - haqida qisqacha gaplashamiz

GPU (Graphics Processing Unit) — grafik ma’lumotlarni qayta ishlash va ekranga chiqarish uchun javob beradigan qurilma hisoblanadi.

U Video karta tarkibidagi asosiy hisoblash qismi bo‘lib, tasvirlar, videolar, o‘yinlar va grafik interfeyslarni shakllantirishga yordam beradi.

GPU bo‘lmasa ham kompyuter ishlashi mumkin, lekin grafik imkoniyatlari cheklanishi yoki alohida videokarta bo‘lmasa ichki grafik tizim ishlashi mumkin.

GPU qanchalik kuchli bo‘lsa, grafik hisob-kitoblar shunchalik tez bajariladi va yuqori sifatli tasvirlar bilan ishlash imkoniyati oshadi.

GPU ishlashi faqat GHz (chastota) ga emas, balki yadrolar soni, videoxotira (VRAM), arxitektura va umumiy unumdorlikka ham bog‘liq.

👍 0 ❤️ 0 🔥 0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!

Boshqa maqolalar

Shunga o'xshash

Barchasi →