HDD (Hard Disk Drive) — bu ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan doimiy xotira turi hisoblanadi.
HDD mexanik disk va o‘quvchi boshcha (head) orqali ishlaydi. Ma’lumotlar disk yuzasida magnit ko‘rinishda saqlanadi.
Biror fayl ochilganda HDD butun diskni o‘qimaydi, balki kerakli ma’lumot joylashgan sektorlarga borib, o‘sha ma’lumotni o‘qiydi. Mexanik qismlar harakat qilgani sababli HDD SSD ga qaraganda sekinroq ishlaydi.
Shuning uchun HDD ishlayotgan kompyuterlarda ba’zan disk aylanishi yoki ishlash ovozi eshitilishi mumkin.
HDD ham ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishda, ya’ni 0 va 1 lar asosida saqlaydi.
HDD haqida bilasizmi? Sizning kompyuteringizda qaysi turdagi xotira ishlatiladi — SSD yoki HDD?
Kommentariyada kutaman ))
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling!