Kompyuterni inson tanasiga o‘xshatish mumkin.
Unda turli qismlar bir-biri bilan bog‘langan va har biri o‘z vazifasini bajaradi:
- RAM — tezkor xotira (vaqtinchalik ma’lumotlarni ushlab turadi)
- CPU (Intel yoki AMD protsessor) — kompyuterning miyasi, hisob-kitob va boshqaruvni bajaradi
- Motherboard (ona plata) — barcha qismlarni bir-biriga ulab turadigan asosiy plata
Motherboardni kompyuterning “tanasi” yoki “nerv tizimi” deb tasavvur qilish mumkin, chunki u barcha qismlar orasida ma’lumot almashuvini ta’minlaydi.
Shu orqali RAM, CPU, SSD, GPU kabi qismlar bir tizim bo‘lib ishlaydi.
Motherboardni onaga o'xshatish mumkin, o'ziga ulangan barcha extiyot qismlarni, huddi ona barcha bolalarini tushungandek tushunadi. Bekorga nomi ham motherboard emasku!